Afg‘onistonda codir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi
Jamiyat
−
18 aprel
7721Bugun, 18 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 20:15 da (Grinvich bo‘yicha 15:15 da) Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Qayd etilishicha, zilzila koordinatalari: 39,85 gradus shimoliy kenglik; 70,49 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,2. Chuqurlik – 120 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 191 km janubiy-sharqda joylashgan.
Respublika hududida sezilish kuchi:
- Farg‘ona viloyatida 2 ball, 125 km;
- Namangan viloyatida 2 ball, 162 km;
- Sirdaryo viloyatida 2 ball, 163 km;
- Andijon viloyatida 2 ball, 189 km;
- Toshkent shahrida 2 ball, 190 km.
LiveBarchasi