Afg‘onistonda ayollar bozori ochildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Afg‘oniston poytaxti Qobulda ayollar bozori ochildi. Bu haqda “TOLONews” xabar berdi.

Bozorning ochilishidan maqsad so‘nggi ikki yil ichida ishsiz qolgan 100 dan ortiq tadbirkor ayollarni ish bilan ta’minlashdan iborat. Bozor asoschisi Rajmana Xoliqiyning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaziyatda Afg‘onistonda yashovchi ayollar uchun qulayroq sharoit yaratish dolzarbligicha qolmoqda.

Oilasining yagona boquvchisi bo‘lgan bozor sotuvchisi Olya Ahmadyor ham tadbirkorlik bilan shug‘ullanganiga 18 yildan oshgani va do‘konda o‘z mahsulotlarini ishonch bilan sotishi mumkinligini aytgan.

"Bunday bozor ochilganidan xursandmiz, chunki ilgari mahsulotimizni sotadigan joy yo‘q edi”, degan u.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bozorda restoran, maysazor va ayollar tomonidan boshqariladigan 30 dan ortiq do‘kon bor. Har kuni ayollar bu yerga xarid qilish uchun kelishi mumkin. Bozor taxminan 20 gektar maydonni egallaydi. Bozor qurilishi uchun 50 million afg‘oniy sarflangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistondagi muvaqqat hukumat – “Tolibon” ayollarga mamlakatning eng mashhur milliy bog‘laridan biri, markaziy Bomiyon viloyatidagi Bandi-Amir bog‘iga kirishni taqiqlagandi.

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Afg'oniston ayollar bozori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing