Afg‘onistonda afyun yetishtirish 8 foizga oshdi — BMT

Olam

image
0:00
0:00
download

Joriy yilda Afg‘onistonda afyun yetishtirish hajmi 8 foizga o‘sib, 6,8 ming tonnaga yetdi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi dunyo bo‘ylab bozorlarga bu o‘sish natijasida 320 tonna sof geroin kirishini ta’kidlagan. Bu haqda BMTning Afg‘onistonda giyohvand modda yetishtirishga bag‘ishlangan hisobotida aytilgan.

Hujjatda aytilishicha, mamlakat dunyodagi barcha iste’molchilarning sakson foizini opiat bilan ta’minlaydi. O‘tgan yili afyunning 85 foizi Afg‘onistonda ishlab chiqarilgan.

“BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining yangi tadqiqoti iyul oyida yakunlandi. Afg‘onistondagi hozirgi vaziyat xalqaro hamjamiyatning shoshilinch aralashuvini talab qilmoqda. BMTning afg‘on xalqini qo‘llab-quvvatlashi doirasida giyohvand moddalarni noqonuniy yetishtirish va ishlab chiqarishni, shuningdek, dunyoda ushbu mahsulotlarga bo‘lgan talabni barqaror kamaytirishga erishish zarur”, deydi BMT vakili Gada Valiy.

Muhokamalarda to‘rt yo‘nalish bo‘yicha tavsiyalar e’lon qilinishi kutilmoqda, jumladan, transchegaraviy hamkorlik, noqonuniy moliyaviy oqimlarni aniqlash va to‘sish, prekursorli kimyoviy moddalarning tarqalishining oldini olish, giyohvandlikning oldini olish va davolash.

Avvalroq Afg‘onistonda hokimiyatga kelgan "Tolibon" harakati mamlakatda giyohvand moddaga qarshi kurash boshlagani haqida xabar bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston afyun

Baholaganlar

164

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing