Afg‘onistonda 25 metrlik quduqqa tushib ketgan bola halok bo‘ldi
Olam
−
18 fevral 2022
10339Bugun, 18 fevral kuni Afg‘onistonning Zobul viloyatida 25 metrlik quduqqa tushib ketganidan keyin qutqarilgan bola halok bo‘ldi. Bu haqda “Tolibon” siyosiy idorasi vakili Anas Haqqoniy ma’lum qilgan.
“Afsuski, go‘dak Haydar bizni butunlay tark etdi. Mamlakatimiz bugun yana katta fojiani boshdan kechirmoqda”, deb yozgan Haqqoniy Twitter’da.
Ma’lumot o‘rnida, chuqurga tushib ketgan bola 96 soat davom etgan operatsiyadan keyin qutqarib qolingan. U shifokorlar nazoratida bo‘lgan. Qayd etilishicha, bolani olib chiqish uchun vertolyotdan foydalanilgan. Uni saqlab qolishga urinishlarga qaramay, Haydar halok bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyi boshida Shimoliy Afrika hududida joylashgan Marokashda 30 metr (100 fut) chuqurlikdagi quvurga tiqilib qolgan 5 yoshli Rayyon ismli bolakay vafot etgandi.
LiveBarchasi