Afg‘onistonda ham zilzila sodir bo‘ldi
Olam
−
23 mart 2023 13123 1 daqiqa
Bugun, 23 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:18 da (23.03.2023 yil, Grinvich bo‘yicha 07:18 da) Afg‘onistonda yana zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Zilzila koordinatalari:
36,45 gradus shimoliy kenglik;
70,89 gradus sharqiy uzunlik.
Magnituda M=4,3. Chuqurlik 150 km.
Zilzila epimarkazi Toshkentdan 555 km janubiy-sharqda joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, 23 mart kuni Tojikiston hududida 6 ta zilzila qayd etildi. Ularning eng kuchlisi 6 ballni tashkil etdi. Toshkent vaqti bilan soat 1:07 da sodir bo‘lgan zilzila, O‘zbekiston hududida ham sezildi va aksariyat hududlarda zilzila kuchi 5 ballni tashkil etdi.