Afg‘oniston va “Tolibon” muzokaralari uchun yana bir qadam qo‘yildi

Olam

image
“G‘ani va Abdulla olov bilan o‘ynashmoqda” – AQSHlik diplomat north_east

“G‘ani va Abdulla olov bilan o‘ynashmoqda” – AQSHlik diplomat

Kecha, 26 mart kuni Afg‘oniston hukumati "Tolibon" harakati bilan muzokaralar olib borish uchun 21 kishidan iborat guruh tuzdi. Bu haqda bugun, 27 mart kuni "Reuters" agentligi xabar qilmoqda.

Hukumatning tinchlik ishlari bo‘yicha departamenti tomonidan e’lon qilingan ro‘yxatga Milliy xavfsizlik harakatining sobiq rahbari Ma’sum Stanekzay boshchilik qiladigan bo‘ldi. Shuningdek, ro‘yxatga siyosatchilar, sobiq amaldorlar va fuqarolik jamiyati vakillari kiritilgan. Jamoaning besh nafar a’zosi ayollar ekanligi ma’lum qilindi.

Prezident Ashraf G‘ani boshchiligida tuzilgan ushbu guruhni mamlakatning ikkinchi Prezidenti Abdulla Abdulla qo‘llab-quvvatlaydimi yoki yo‘q, noma’lum. Hozircha Abdullaning idorasi ushbu vaziyatga o‘z izohini berganicha yo‘q.

Ma’lum qilinishicha, koronavirus pandemiyasi tufayli "Tolibon" va hukumat amaldorlari o‘rtasida ushbu muzokaralar "Skype" orqali o‘tkaziladi. 

Ma’lumot uchun, joriy yilning 29 fevral kuni AQSH va "Tolibon" o‘rtasida tinchlik shartnomasi tuzildi. Sulhga ko‘ra, AQSH 135 kun davomida o‘z qo‘shinlarining aksariyat qismini Afg‘oniston hududidan olib chiqib ketadi. Shu vaqt ichida, tomonlar "Tolibon" va Afg‘oniston hukumati o‘rtasida tinchlik muzokaralari bo‘lishini kelishib olishdi. Shuningdek, ikki tomon asirlar almashinuvini amalga oshirishlari kerakligi belgilab qo‘yildi.

Biroq, sulhdan bir necha kun o‘tib Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani ushbu sulh shartlariga amal qilmasligini ya’ni "Tolibon"ga tegishli 5000 nafar asirlarni ozod qilmasligi haqida ma’lum qildi. "Tolibon" ham agar ushbu shart bajarilmasa Afg‘oniston hukumati bilan muzokaralar o‘tkazmasligini ta’kidladi.

Joriy yilning 9 mart kuni Ashraf G‘ani "Tolibon" asirlarini ozod qilishga rozi bo‘ldi. So‘ngra afg‘onlararo muzokaralarga tayyorgalikni boshlab yubordi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon Abdulla Abdulla Ashraf G'ani

Baholaganlar

41

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing