Afg‘oniston Tashqi ishlar vaziri Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi
Jamiyat
−
29 avgust 2020
5314Kecha, 28 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Toshkent shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Afg‘oniston Tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, energetika, transport, aloqa va boshqa sohalardagi davlatlararo hamkorlikning holati hamda rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.
Oliy darajadagi ikki tomonlama munosabatlar doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Afg‘oniston tashqi ishlar idorasi rahbari Prezident Shavkat Mirziyoyevga O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinchlik va ijtimoiy-iqtisodiy qayta qurishga erishish yo‘lidagi faol qo‘llab-quvvatlashi hamda sa’y-harakatlari uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.
Tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha sohalardagi ko‘p qirrali hamkorlikning yuqori sur’atda davom etayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Afg‘oniston kun tartibidagi boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.
LiveBarchasi