Toshkent “Tolibon”ga shart qo‘ydi

Jamiyat

image

Hozirgi Afg‘oniston hukumati Afg‘onistonda fundamental inson huquqlariga rioya etilishini ta’minlashni istaydigan jahon hamjamiyatining yagona ovozini, yagona yondashuvini eshitishi kerak. Shuningdek, mamlakat terrorchilik tashkilotlari, jumladan "Al-Qoida" bilan aloqalarni uzishi shart. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev TASS bilan suhbatda ma’lum qilgan. 

“Hozirgi afg‘on hukumati milliy ozchiliklarning, ayniqsa, ayollar va qizlarning asosiy inson huquqlarini ta’minlashi, qizlarning o‘rta maktabga borishini, ular mehnat qilish huquqiga ega bo‘lishini, harakat erkinligini ta’minlashi kerak”, deydi Irgashev. 

Ayni vaqtda poytaxt Toshkentda “Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amir Xon Muttaqiy boshchiligidagi Afg‘oniston muvaqqat hukumati delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.

Irgashev, suhbatda Afg‘onistonning terroristik tashkilotlar bilan aloqalarini uzishi kerakligi haqida ham gapirgan. 

Qayd etilishicha, Xalqaro hamjamiyat Afg‘onistonning amaldagi rasmiylaridan xalqaro terrorchi tashkilotlar, jumladan, “Al-Qoida” bilan aloqalarni uzish haqidagi va’dani eshitishga umid qilmoqda. 

“Afg‘oniston delegatsiyasi rahbari (Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amirxon Mo‘ttaqiy)dan xalqaro terroristik tashkilotlar, jumladan, “Al-Qoida” bilan aloqalarni uzish haqidagi va’dani eshitamiz, deb umid qilamiz. Afg‘oniston bo‘yicha joriy konferensiyaning muhim maqsad va vazifalari mana shu”, deydi manba.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon Afg'oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot

Baholaganlar

1869

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing