Afg‘on xalqi yakka holda bu qiyin sinovlardan o‘ta olmaydi – Mirziyoyev

Jamiyat

image
“Tolibon” Mirziyoyevning “Asr loyihasi”ni xavf ostida qoldirdi. Endi Toshkent qanday yo‘l tutadi?  north_east

“Tolibon” Mirziyoyevning “Asr loyihasi”ni xavf ostida qoldirdi. Endi Toshkent qanday yo‘l tutadi? 

Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan Turkmanistonga tashrif buyurgani hamda Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tayotgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) navbatdagi sammitida nutq so‘zlayotgani haqida xabar bergandik.

Davlat rahbari IHT a’zosi bo‘lgan Afg‘onistondagi bugungi murakkab vaziyat haqida alohida to‘xtalib o‘tdi:

“Ushbu mamlakat kun sayin og‘ir gumanitar inqirozga kirib bormoqda. Xalqaro hamjamiyat, jumladan, yaqin qo‘shnilar yordamisiz afg‘on xalqi yakka holda bu qiyin sinovlardan o‘ta olmaydi.

Shu bois afg‘on xalqiga zarur yordam ko‘rsatish bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirish va umumiy yondashuvlarni ishlab chiqishimiz kerak. Shuningdek, Afg‘oniston bilan mintaqaviy ahamiyatga ega bo‘lgan yirik savdo, transport va energetika loyihalarini amalga oshirish ishlarini izchil davom ettirish tarafdorimiz”.

Davlat rahbari sammitda nutq so‘zlaganga qadar Pokiston va Tojikiston Prezidenti bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazishga va bir qator muhim masalalar yuzasidan fikr almashishga ulgurdi. 

Qayd etish kerakki, O‘zbekistonning janubiy qo‘shnisi bo‘lgan Afg‘oniston ayni vaqtda gumanitar inqiroz yoqasida turibdi. Hatto, joriy yil oxirigacha ushbu davlatda 1 million bola ochlikdan o‘lishi mumkinligi prognoz qilinmoqda. Rasmiy Toshkentning Afg‘onistondagi vaziyatni e’tiborsiz qoldirmaslik borasidagi chaqiriqlari ortida Yevropa ushbu davlatga Termiz orqali gumanitar yordam ko‘rsatish rejasi bilan chiqdi. Shu o‘rinda Afg‘onistonda hokimiyat “Tolibon” harakati qo‘liga o‘tgach mamlakatdagi vaziyat og‘irlashganini eslab o‘tish kerak. 

Ma’lumot uchun, mamlakatda hokimiyatni egallagan toliblar, 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligini tuzdi. Joriy yilning 6 sentyabr kuni “Tolibon”ga bo‘ysunmay turgan yagona viloyat – Panjsher egallangach, 7 sentyabr kuni harakat rahbarlari muvaqqat hukumatni shakllantirdi

Qayd etish kerakki, toliblar Afg‘onistonda hokimiyatga kelgach, chet davlatlar hamda xalqaro tashkilotlardan kelayotgan yordam to‘xtab qoldi. Bundan tashqari, minglar afg‘onlar vatanini tark etdi va bu jarayon hali ham davom etmoqda. Toliblarni Afg‘onistonda tarafdorlari ko‘pligiga shubha yo‘q, biroq ular hokimiyatga kelgach ko‘plab qiyinchiliklarga uchramoqda. Ayniqsa, moliyaviy tomondan yo‘qotishlar katta.

Shunday bir davrdan jahon hamjamiyati Afg‘onistonni bee’tibor qoldirmoqchi emas. Bunday xatoga dunyo yetakchilari avval yo‘l qo‘ygan. Buning oqibatlari ayniqsa AQSHning esidan chiqmaydi. Afg‘oniston terrorchi guruhlar uyasiga aylanmasligi uchun jahon yetakchilari “Tolibon” bilan ishlamoqchi, hatto ushbu harakat BMT tomonidan terrorchilik tashkiloti, deb tan olingan bo‘lsa ham. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

138

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing