AFC Infantino ishtirokida kongress tashkil qildi
Sport
−
27 noyabr 2021
3199Bugun, 27 noyabr kuni Osiyo futbol konfederatsiyasining (AFC) XXXI onlayn kongressi tashkil etildi. Unda Xalqaro futbol assotsiatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino, AFC rahbari Shayx Salmon bin Ibrohim al Halifa, shuningdek, a’zo mamlakatlar vakillari qatorida O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov ishtirok etdi. Dastlab, Janni Infantino FIFA tomonidan ilgari surilayotgan Jahon chempionatlarining har ikki yilda o‘tkazish g‘oyasi afzalliklari va imkoniyatlari haqida to‘xtalib o‘tgan. Shuningdek, Mundial ishtirokchilari sonining oshishi ham yaxshi ko‘rsatkichlarga olib kelishini ta’kidlagan.
Shayx Salmon esa AFC a’zolariga tashkilotning keyingi yilgi rejalarini ma’lum qildi. Tashkilot tomonidan futbolni rivojlantirishga qaratilgan mablag‘larining oshirilishi haqida aytib o‘tgan. Osiyo futbol konfederatsiyasi bayrog‘i ostidagi barcha turnirlarni yuqori saviyada tashkil etish asosiy vazifa etib belgilandi. Muhim jihatlaridan biri, 2022 yilda koronavirusning Osiyo futboliga salbiy ta’sirini kamaytirish, uning tarqalishini oldini olish, tibbiy tahlil va davolash tizimini yanada mukammallashtirishdan iborat ekanligi ta’kidlandi.
Shuningdek, Kongressda tashkilotlarning moliyaviy va qilingan ishlar bo‘yicha hisobotlari o‘qib eshittirildi. Adliya qo‘mitasi tomonidan AFC ustaviga bir qancha o‘zgartirish kiritilgani borasidagi ma’lumot ham kun tartibidan joy olgan va bu o‘zgarishlar milliy assotsiatsiyalar tomonidan bir ovozdan ma’qullangan. Konfederatsiyada yangi auditorlik faoliyati tasdiqlandi.
LiveBarchasi