Aeroportlarda koronavirus masofadan tekshirilmoqda – O‘zbekiston Bosh sanitar vrachi

Intervyu

Xitoyda tarqalgan va bugungacha 20 yaqin kishining o‘limiga sabab bo‘lgan koronavirusning O‘zbekistonga kirib kelish xavfi qay darajada? Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Alimatov QALAMPIR.UZ bilan suhbatda mamlakat aeroportlarida nazorat kuchaytirilganini ma’lum qildi. 

“2019 yil dekabr oyida Xitoy Xalq Respublikasining Uxan shahrida kelib chiqqan koronavirus kasalligi oqibatida bugungi kunda 622 nafar fuqaro kasal bo‘lganligi, shundan 17 nafari og‘ir kechib vafot etganligi haqida Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotidan xabar oldik. Kasallikni boshqa davlatga tarqalish xavfini o‘rgangan holda uning oldini olish bo‘yicha barcha davlatlar qatori O‘zbekistonda ham profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

Xitoy Xalq Respublikasi bilan bevosita samolyotlar orqali keladigan yo‘lovchilarda kasallik belgilari bor-yo‘qligini tekshirish uchun O‘zbekiston aeroportida sanitariya-karantin punkti tashkil etilgan bo‘lib, mutaxassislar faoliyat yuritmoqda. Samolyotdan aeroportga kirgan yo‘lovchilarning harorati masofaviy o‘lchab, orasida yuqumli kasalliklar chalingan bemorlarni aniqlab olinadi. Agar harorat yuqori bo‘lsa, yoki yurishida va boshqa holatlarda yuqumli kasallik gumon qilingan fuqarolar aniqlansa, ularga maxsus ajratilgan izolyator-bokslar mavjud. Kasallikka gumon qilingan shaxsni maxsus joyga olib kirib tashxis ishlari amalga oshiriladi. Namunalar olinib, birinchi navbatda koronavirusga va boshqa kasalliklarga tekshiriladi”, deydi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Sog'liqni saqlash vazirligi Bahrom Alimatov

Baholaganlar

256

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing