ADUda ayol 4-qavatdan tushib ketgani bo‘yicha jinoyat ishi ochildi

Jamiyat

image

Avvalroq Andijonda ayol universitet binosining 4-qavatidan tushib ketgani haqida xabar bergan edik. Bosh prokuratura Matbuot xizmati mazkur hodisa bo‘yicha munosabat bildirdi.

Bildirilishicha, kecha, 4 dekabr kuni 28 yoshli ayol Andijon davlat universitetiga ushbu oliygohning 2-bosqich talabasining oila a’zosi sifatida ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotgan “Tarix” fakultetining binosida bo‘lib o‘tadigan ota-onalar majlisiga kelgan.

Shunda u binoning 4-qavatida telefondan foydalanib, ehtiyotsizligi oqibatida zinalarning to‘siqlari bo‘lmagani sababli zinapoyadan pastga yiqilgan va og‘ir tan jarohati olgan.

Olib borilgan tekshirish harakatlari davomida ushbu binoda ta’mirlash ishlarini olib borayotgan “S.Haus” MCHJ ishchilari tomonidan zinapoyalarning to‘siqlari olib tashlanib, qurilish ishlari amalga oshirilayotgani aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan “S.Haus” MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qayd etilishicha, hozirda Andijon shaxar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon universitet

Baholaganlar

376

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing