“Adolat” SDP tibbiy xizmat sohasida muhim tashabbusni ilgari surmoqda

Jamiyat

image

“Adolat” SDP tibbiy xizmatlar xalqqa qulay bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi. Shu sababli partiya joriy yilgi saylovlar oldidan nodavlat tibbiyot tashkilotlarini “tijorat tashkiloti”dan notijorat tashkilotiga o‘tkazish tashabbusini ilgari surmoqda.

Ma’lum qilinganidek, mazkur tashabbus quyidagi jihatlari bilan jamiyat uchun foydali bo‘ladi:

birinchidan, notijorat tibbiyot tashkilotlari faoliyati aholi salomatligini yaxshilashga yo‘naltirilishi asnosida xizmatlar adolatli va jamiyatning barcha qatlami uchun qulay bo‘ladi; 

  • ikkinchidan, notijorat tibbiyot tashkilotlari oladigan daromadlarini foyda ko‘rish uchun emas, balki o‘zlarining tibbiy xizmatlarini yaxshilash va kengaytirish uchun sarflaydi;
  • uchinchidan, notijorat tibbiyot tashkilotlarining davlat grantlari va loyihalarida ishtirok etish imkoniyatlari kengayadi;
  • to‘rtinchidan, davlat tomonidan tibbiyotning nodavlat sektorida narxlarning maksimal chegarasi belgilanishi aholini adolatsiz, asossiz yuqori narxlardan himoya qiladi.

Partiyaning mazkur tashabbusi tibbiy xizmatlarning xalqqa qulay narxlarda taqdim etilishini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, uni amaliyotga tatbiq etish natijasida davlat nazorati ostidagi narxlar bilan xizmatlar sifati o‘rtasida muvozanat ta’minlanadi, tibbiy xizmat ko‘rsatish faoliyatida ijtimoiy adolat qaror topishiga erishiladi.

Adolat.uz   Facebook  |  Telegram  |  Instagram   | Twitter   |  YouTube


Maqola muallifi

Teglar

“Adolat” SDP Partiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing