Adobye monitorli ko‘ylakni taqdim etdi (video)
Texnologiya
−
18 Oktabr 2023
12024Adobye kompyuter grafikasi bo‘yicha dasturiy ta’minot kompaniyasi masofadan boshqarish pulti yordamida dizaynini o‘zgartirish mumkin bo‘lgan libos yaratdi. Kompaniya o‘zining rasmiy YouTube kanalida texno-kostyum aks etgan videoni namoyish etdi.
Yangi loyihalar taqdimotida kompaniya vakili Kristin Diyerk “jonli matodan raqamli libos” yaratilganini aytdi. Texnologiya Project Primrose deb ataladi. Birgina tugmani bosish orqali libosda turli naqshlarni aks ettirish yoki boshqa rangga o‘zgartirish mumkin.
Bundan avval ham shunga o‘xshash urinishlar bo‘lgan. O‘shanda tekis monitordan sumka yasalgandi. Endi esa navbat ko‘ylakka. Ammo hozircha uning faqat old qismi o‘zgartirilgan. Orqa qismi esa odatiy kiyimlar kabi o‘zgarishsiz qoldirilgan.
Ushbu yangilikdan tashqari kompaniya 11 ta texnologiyaning ishlash prinsiplarini namoyish etdi. Ushbu texnologiyalar Adobe Sneak dasturiga birlashtirilgan. Ular orasida fotosuratlarning 3D modellarini yaratish va ularning harakatini boshqarishga imkon beruvchi Project Poseable, videolarni turli tillarga tarjima va dublyaj qilishni osonlashtiruvchi Project Dub va tasvirlar bilan ishlashni soddalashtiruvchi Project Stardust texnologiyalari ham bor.
Eslatib o‘tamiz, o‘zining antiqa yondashuvi bilan mashhur bo‘lgan MSCHF guruhi tomonidan mashhur Louis Vuitton kompaniyasiga tegishli OnTheGo sumkasining tuz zarrasidan ham kichik nusxasi taqdim etilgandi.