Administratsiya xodimi Toshkent hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi
Jamiyat
−
29 Dekabr 2025 8286 1 daqiqa
Abdurahmon Abdurashidovich Baxtiyev Toshkent shahar hokimining transport va yo‘l infratuzilmasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda shahar hokimligi xabar berdi.
Abdurahmon Baxtiyev 1984 yilda tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy – 2007 yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2012 yilda Jahon iqtisodiyot va diplomatiya universitetini tamomlagan.
U 2019 yildan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida mas’ul xodim lavozimida ishlab kelgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 29 dekabr kuni Niyoz Namozboyevich Xazratqulov Boyovut tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangandi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr