Administratsiya xodimi Toshkent hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi

Jamiyat

−

image

Abdurahmon Abdurashidovich Baxtiyev Toshkent shahar hokimining transport va yo‘l infratuzilmasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda shahar hokimligi xabar berdi.

Abdurahmon Baxtiyev 1984 yilda tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy – 2007 yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2012 yilda Jahon iqtisodiyot va diplomatiya universitetini tamomlagan.

U 2019 yildan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida mas’ul xodim lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 29 dekabr kuni Niyoz Namozboyevich Xazratqulov Boyovut tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing