Adliya vazirligida qator lavozimiy o‘zgarishlar amalga oshirildi

Jamiyat 4859
image

Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Suhrob Jo‘raqulovich Yusupov vazirlikning Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasining boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Ushbu tashkilot Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida”gi Farmoni bilan tashkil qilingan edi.

Ma’lumot uchun, Suhrob Yusupov shu kunga qadar vazirlikning Xalqaro va xorijiy tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini huquqiy himoya qilish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Bundan tashqari, Davron Tohirovich Allanazarov vazirlikning Fuqarolik-huquqiy munosabatlarni rivojlantirish boshqarmasining boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. 

Sarvar Anvar o‘g‘li
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 132
Reyting: 3
Teglar
t
×