Eron va Pokiston mahbuslarni almashish bo‘yicha kelishib oldi
Olam
−
06 aprel
2620Eron Adliya vazirligining Inson huquqlari va xalqaro ishlar vaziri o‘rinbosari Asqar Jalolyon va Pokiston Adliya va qonunchilik vaziri A’zam Nazir Tarar mahbuslarni almashish bo‘yicha kelishib oldi. Bu haqda kecha, 5 aprel kuni ISNA agentligi xabar berdi.
“Hozirda 60 nafar eronlik Pokiston qamoqxonalarida jazo muddatini o‘tamoqda va shu munosabat bilan biz har ikki tomondan mahbuslarni ozod qilish uchun sharoit yaratishni taklif qilamiz”, degan Jalolyon Pokiston Adliya vaziri bilan uchrashuvda.
Xabarga ko‘ra, Eron Adliya vaziri o‘rinbosari mamlakatdagi qamoqxonalarda 160 ga yaqin pokistonlik borligini va Tehron ularni tez orada ozod qilishga tayyorligini qo‘shimcha qilgan.
O‘z navbatida, Pokiston tomoni Eronning taklifini olqishlagan va Pokiston Ichki ishlar vazirligi kichik jinoyatlar sodir etgan eronliklarni ozod qilish choralarini ko‘rishini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron va Pokiston Islom Respublikalari terrorizmga qarshi kurashda ishchi darajada hamkorlikni kuchaytirish va uni muvofiqlashtirish zarurligi to‘g‘risida bir qarorga kelgan edi.
LiveBarchasi