2020 yildan buyon yoshi kichraytirilgan 8 nafar futbolchi aniqlandi
Sport
−
14 fevral 7530 2 daqiqa
O‘zbekiston Professional ligasi (O‘zPFL) Adliya vazirligi bilan hamkorlikda Liga 2020 yildan buyon yoshi kichraytirilgan 8 nafar futbolchini aniqladi. Bu haqda liga matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zPFL 2020 yildan buyon Adliya organlari bilan hamkorlikda ishlab, har mavsum so‘ngida o‘zining ilk professional mehnat shartnomasini imzolagan futbolchilar ro‘yxatini shakllantiradi hamda ular orasidan yoshi kichraytirilgan futbolchilarni aniqlaydi. Xuddi shu tartibda Liga 2024 yilgi mavsumda ilk professional shartnomasini imzolagan futbolchilar ro‘yxatini Adliya organlariga taqdim etgandi. Aniqlanishicha, ro‘yxatda mavjud bo‘lgan 364 nafar futbolchidan faqatgina bir nafarida bu kabi muammo mavjud.
“Ya’ni, futbolchi aslida 2004 yil tug‘ilgan bo‘lsada, uning 2006 yilda tug‘ilganligini tasdiqlovchi hujjat liga ro‘yxatidan o‘tkazilgan”, deyiladi manba xabarida.
Liga futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazgan klubdan uning tegishli hujjatlarini haqiqiy tug‘ilgan yili bo‘yicha qonun doirasida rasmiylashtirishni ta’minlashni shu yilning 7 fevral sanasiga qadar amalga oshirishni talab qilgandi. O‘tgan davr mobaynida klub hamda futbolchining ota-onasi mazkur qonun buzilish holatini bartaraf etish ustida ish olib bordi va uning hujjatlari haqiqiy tug‘ilgan yili bo‘yicha rasmiylashtirilishi ta’minlandi.
Ma’lumot uchun, Adliya vazirligi bilan hamkorlikda liga 2020 yildan buyon bir qator futbolchilarni o‘z hujjatlarini haqiqiy tug‘ilgan yili bo‘yicha rasmiylashtirilishiga erishdi:
2020: 1 nafar (Qashqadaryo viloyati);
2021: 3 nafar (Jizzaxdan 2 nafar va Toshkent viloyati);
2023: 3 nafar (Qashqadaryodan 2 nafar va Samarqand viloyati);
2024: 1 nafar (Toshkent viloyati).
Live
Barchasi