Adliya vaziri: 1,5 ming nafar mansabdor shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan (video)

Jamiyat

2019 yil qonunchilik bilan bog‘liq juda ham murakkab jarayonlarga to‘la bo‘lgan. Bu haqda Adliya vaziri Ruslan Davletov Senatning yigirma beshinchi yalpi majlisida ma’lum qildi.

“Qonunchilik bazasining 97 foizi qonunosti xujjatlardan iborat. Buni men salbiy baholagan bo‘lardim. Jamiyatning irodasi va vijdonini aniqlab beradigan jihat bu – qonundir. Va qat’iy va muqim bo‘ladi. Biz to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan qonunlarni ishlab chiqamiz va bu bilan bog‘liq aniq rejalarimiz bor. 

Idoraviy huquqiy-xujjatlar bizda ko‘payib ketmoqda. Biz hattoki ro‘yxatdan o‘tmagan, noqonuniy xujjatlarni ham aniqladik. Sog‘liqni saqlash sohasida, hattoki innovatsiya sohasida bunday xujjatlar amalga kiritilgan. Bu umummajburiy tusda bo‘lgan, biroq Adliya vazirligining ro‘yxatidan o‘tmagan. Shuning uchun bunday xujjatlarni bekor qildik. Bu yilning o‘zida 400tasini bekor qildik”, – deydi Adliya vaziri. 

Vazir o‘z nutqida javobgarlikka tortilgan mansabdorlar shaxslar haqida ma’lum qildi. 

“29ta sohani tahlil qilib chiqdik. Qonunchilikni o‘zgartirish bo‘yicha 23ta xujjat ishlab chiqdik. Vazirlar mahkamasi va administratsiyaga kiritgan 23ta xujjatdan 16tasi qabul qilindi. Shu bilan birga, huquqni qo‘llashda ko‘plab muammolarga duch kelyapmiz. 4500ta taqdimnoma berganmiz. Mingdan ortiq noqonuniy xujjatlar bekor qilingan. 3 mingga yaqin mansabdor shaxs intizomiy, 1,5 mingtasi ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Albatta, bu raqamlar juda katta”, – deya ma’lumot berdi Ruslan Davletov. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Adliya vaziri Ruslan Davletov

Baholaganlar

39

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing