Turkiyalik advokatlar ur-to‘polonga sabab bo‘lgan Adliya vazirini sudga bermoqchi

Olam

image

Turkiyaninig Anqara shahridagi Advokatlar uyushmasi lavozimiga yangi tayinlangan Adliya vaziri Akin Gurlekning tayinlanishiga qarshi Oliy ma’muriy sudga murojaat qiladi. Bu haqda Sudya va prokurorlar birlashmasi asochisi Umar Farrux Eminog‘a o‘g‘li ijtimoiy tarmoqda ma’lum qildi.

Eminog‘a o‘g‘liga ko‘ra, “Adliya vaziri nomi ostida amalga oshirilgan bu tayinlov aslida huquq va adolatga qaratilgan navbatdagi bosimdir”. Shuningdek, u Akin Gurlekning Adliya vaziri sifatida tayinlanishi haqidagi qarorni bekor qilish uchun Anqara advokati sifatida sudga murojaat qilishini aytgan.

Bundan tashqari, u o‘z murojaatida mazkur qarorni bekor qilish talabi bilan 2026 yil 16 fevral kuni soat 11:00da Oliy ma’muriy sudda da’vo ochilishini ham qayd etgan. Da’vo topshirilgach, sud binosi oldida matbuotga bayonot berilishini ham ma’lum qilgan.

Ilgari xabar qilinganidek, Akin Gurlek o‘tgan hafta Turkiya parlamentining majlisida Adliya vaziri etib tayinlangan. Majlis davomida muxolif partiya bu tayinlovga qarshi chiqishi oqibatida tortishuv, so‘ng esa mushtlashuv yuzaga kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an muxolifat deputatlari tomonidan joriy yilning 11 fevral kuni yangi Adliya vaziri Akin Gurlekning qasamyodiga to‘sqinlik qilish maqsadida parlament minbarini egallab olishni banditlik deb atagandi.

Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, parlamentdagi janjalga qamoqxonadan “buyurtma” kelgan.

E’zoza Olimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

sud Turkiya Adliya vaziri advokat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing