Adliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

−

image

Mirjalol Davronbekovich Allaquliyev adliya vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.
Mirjalol Allaquliyev 1988 yilda Xorazm viloyati Xiva tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi. 2012 yilda Toshkent davlat yuridik institutini bakalavr bosqichini, 2014 yilda magistratura bosqichini, 2024 yilda Bank-moliya akademiyasining magistratura bosqichini tamomlagan.

  • Mehnat faoliyatini 2008 yilda Adliya vazirligi rahbariyat qoshidagi apparatning qabulxona kotibi lavozimida boshlagan.
  • 2013-2014 yillarda  Adliya vazirligi Jinoiy, ma’muriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibi, katta maslahatchisi, yetakchi maslahatchisi;
  • 2014-2017 yillarda Adliya vazirligi Jinoiy, ma’muriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi bosh maslahatchisi;
  • 2017-2018 yillarda Adliya vazirligi Jinoiy, ma’muriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i;
  • 2018-2018 yillarda Adliya vazirligi Jinoiy, ma’muriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari-bo‘lim boshlig‘i;
  • 2018-2021 yillarda Adliya vazirligi Jinoiy, ma’muriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi boshlig‘i;
  • 2021-2022 yillarda Adliya vazirligi Qonunchilik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
  • Tayinlovga qadar (2022 yildan) Adliya vazirligi Qonunchilik departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mahmud Shuhratovich Istamov Adliya vaziriga birinchi o‘rinbosar etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing