Adliya ortidan FVV ham Xorazmdagi zo‘rlik holati bo‘yicha munosabat bildirdi

3-sahifa

image

Xorazmda viloyat Adliya boshqarmasi va Yangiariq tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini muntazam ravishda zo‘rlab kelgani, ularga nisbatan sud hukmi o‘qilgani haqida xabar bergan edik. Shuningdek, ularga sharoit yaratib bergan bolalar uyi rahbari 5 yarim yilga qamalgan edi. Holat bo‘yicha FVV matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

 “O‘tgan yili tergov ishlari olib borilayotgan vaqtda ushbu xodim egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. Uning keyingi taqdiri bilan vakolatli organlar shug‘ullangan”, deyiladi FVV xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Adliya vazirligi holat bo‘yicha izoh berib, sobiq xodimga nisbatan sud hukmini sharhlash vakolatiga ega emasligini ma’lum qilgan edi. Vazirlik jinoiy harakatdan xabar topishi bilan boshqarma boshlig‘i ishdan olingani haqida xabar berdi. 

Xorazmdagi bolalar uyi tarbiyalanuvchilari bilan bog‘liq mudhish voqea fonida Prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Komil Allamjonov pedofillarga nisbatan kimyoviy kastratsiya jazosini qo‘llash yuzasidan qonunchilikga o‘zgartirish kiritishni taklif qildi


Maqola muallifi

Teglar

FVV Adliya boshqarmasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing