Adel sahnani tark etadi

Madaniyat-san’at

image

Britaniyalik xonanda Adel sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli vaqtincha katta sahnani tark etadi. Bu haqda u Instagram’dagi rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, xonanda Las-Vegasdagi bo‘lajak konsertini boshqa vaqtga ko‘chirishga majbur bo‘lgan. Adelning so‘zlariga ko‘ra, konsertlarni davom ettirish uning ovoz paychalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

“Afsuski, konsertlarni davom ettirish mening ovozimga salbiy ta’sir qiladi. Shuning uchun, shifokorlarning ko‘rsatmalariga ko‘ra, biroz dam olishga majburman”, deydi Adel.

Ma’lumot uchun, 2023 yilning sentyabr oyi oxirida qo‘shiqchi Las-Vegasdagi konserti davomida to‘yi bo‘lishi mumkinligini aytgan. Adelning ta’kidlashicha, u allaqachon turmushga chiqqan va tomoshabinlar orasida uning eri ham bor. Biroq xonanda turmush o‘rtog‘ining ismini aytmadi.  Shunga qaramay, ommaviy axborot vositalari qo‘shiqchi bir necha yillardan beri basketbol agenti Rich Pol bilan uchrashib yurishini yozgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil oxirida “Titanik” filmining saundtreki “My heart will go on” qo‘shig‘i bilan dunyoga tanilgan xonanda Selin Dion mushaklarning qotib qolishi sindromi tufayli sahnani vaqtinchalik tark etishini ma’lum qilgandi.

Ulkanbayeva Rayhona


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Las-Vegas Adel'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing