“Activist” Hojiakbar Nosirov qamoqqa olingani aytilmoqda

3-sahifa

image

O‘zining mahsulotlar sifati va ularning yaroqliligi haqidagi tanqidiy videolari bilan “Activist” nomi orqali tanilgan Hojiakbar Nosirov qamalgani aytilmoqda. Bu haqda uning Telegram sahifasida jamoasi tomonidan xabar berildi

Ma’lum qilinishicha, Hojiakbar Nosirov ijtimoiy tarmoqlarda joylangan "Yogurtlar harommi?" mavzusidagi videosi uchun 15 sutkaga qamalgan. Xabarda qo‘yilgan ayblov diniy ekstremizm bo‘yicha ekani aytilgan.

“Biz ushbu holat yuzidan tegishli organlardan munosabat kutamiz. Hojiakbar Nosirovning aynan qaysi ishlatgan so‘z yoki kontenti diniy ekstremizmga aloqador ekanligini isbotlab berishlarini so‘raymiz”, deyilgan xabarda.

Keltirilishicha, jamoada Shayxontohur tumani IIB JQB terrorizm xodimlarining bosim ostida material to‘plashgani va sud jarayoni noqonuniy o‘tgani haqida qaror chiqarilgani jarayoni yozib olingan to‘liq audio mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Hojiakbar Nosirov Activist

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing