Achchiq qalampir erta o‘limning oldini olishga hissa qo‘shishi aniqlandi

Salomatlik

image

Italiyadagi O‘rta yer dengizi nevrologiya instituti olimlarining aniqlashicha, achchiq qalampirni tez-tez iste’mol qilish inson organizmi uchun foydali. Ushbu mahsulot umrni uzaytirishga xizmat qiladi va erta o‘limning umumiy xavfini 23 foizga kamaytiradi. Bu haqda EurekAlert! Saytida ma’lum qilingan.

Tadqiqotda jami 22 811 nafar kishi qatnashdi. Ularning salomatligi mutaxassislar tomonidan sakkiz yil mobaynida kuzatildi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, qizil qalampirni muntazam iste’mol qilish (haftasiga to‘rt marotaba yoki undan ko‘p) yurak xuruji xavfini 40 foizga qadar kamayishiga sabab bo‘lar ekan. Miyada qon aylanishi bilan bog‘liq o‘lim holatlari esa yanada kamayishi aniqlangan. Eng muhimi, qalampirning himoya ta’siri taom tanlamaydi.

Olimlar qizil, achchiq qalampirning biokimyoviy mexanizmlarini aniqlash maqsadida uning ustida olib borilayotgan tadqiqotlarni davom ettirishmoqchi. Aniqlanishicha, qalampir tarkibida mavjud moddalar hujayralar mitoxondriyasiga ta’sir qilish orqali zararli hujayralarni nobud bo‘lishiga o‘z hissasini qo‘shadi.


Maqola muallifi

Teglar

salomatlik qalampir

Baholaganlar

240

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing