Abu-Dabi o‘zbekistonlik sayyohlar uchun karantin cheklovlarini yengillashtirdi
Olam
−
23 dekabr 2020
4682Abu-Dabi (BAA tarkibida) xorijiy sayyohlarning amirlikka kirish qoidalarini qayta ko‘rib chiqib, 24 dekabrdan pandemiya sabab joriy qilingan ba’zi cheklovlar bekor qilinishini bildirdi. Bu haqda “Al-Arabiya” ma’lum qildi.
Birinchi o‘rinda, “yashil ro‘yxat”dagi davlatlardan kelgan sayyohlar ikki hafta karantinda o‘tirishdan ozod qilinadi. Gap Avstraliya, Bruney, Vetnam, Gretsiya, Grenlandiya, Gonkong, Xitoy, Mavritaniya, Malayziya, Yangi Zelandiya, Saudiya Arabistoni, Singapur, Tojikiston, Tayvan, Tailand, O‘zbekiston haqida ketyapti. Bu ro‘yxatda yo‘q davlatdan keluvchilar uchun karantin muddati 10 kunga qisqartirildi.
Barcha sayyohlar amirlikka kirish uchun 96 soatdan oshmagan vaqt ichida topshirilgan manfiy PZR-test taqdim qilishlari va u yerda yana bitta test topshirishlari lozim. Bundan tashqari, bir necha kundan keyin ular yana bitta PZR-test topshirishi kerak.
Amirlikda uzoqroq qoladigan xorijliklarning takroriy test topshirish muddati ham qayta ko‘rib chiqildi. Avval to‘rtinchi va sakkizinchi kunlarda test topshirish kerak bo‘lgan bo‘lsa, endilikda buni oltinchi va sakkizinchi kunlarda amalga oshirish mumkin. Davlatlarning sinflarga ajratilishi har ikki haftada ko‘rib chiqiladi.
Shu bilan birga, Abu-Dabi BAAning boshqa amirliklaridan keluvchilar uchun PSR-testning amal qilishi va uning takroriy topshirilishi muddatlari bilan bog‘liq cheklovlarni yengillashtirgan. Bundan tashqari, savdo va ko‘ngilochar markazlar, restoranlar va bolalar bog‘chalariga qo‘yiladigan sanitar talablar yangilangan.
Xorijliklarning kirishi uchun Abu-Dabidagidan boshqa qoidalar amal qiluvchi Dubay amirligida esa 23 dekabrdan koronavirusga qarshi bepul emlash boshlanadi.
BAAda pandemiya boshidan beri 195 mingdan ko‘proq kasallanish holati qayd qilingan. Bu vaqt ichida koronavirusdan 642 kishi vafot etgan. Ayni vaqtda mamlakatda 23,8 ming kishi virusdan davolanmoqda.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15