Abramovich sudda “damini oldi”

Olam

image

Lyuksemburgdagi Yevropa sudi bugun, 20 dekabr kuni rossiyalik tadbirkor Roman Abramovichning Rossiyaning Ukrainaga qurolli bostirib kirishi fonida Yevropa Ittifoqining uni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritish qarori ustidan bergan shikoyatini rad etdi.

Abramovich 2022 yil mart oyida rossiyalik amaldorlar, biznesmenlar va oligarxlar bilan birga Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan edi. Yevropa Ittifoqi uni Vladimir Putin bilan uzoq yillik va yaqin aloqalarga ega va prezident bilan aloqada bo‘lish huquqiga ega bo‘lganini va u bilan juda yaxshi munosabatlarni saqlab qolganini aytib keladi.  

YeI ma’lumotlariga ko‘ra, bu aloqalar magnatga katta boyligini saqlab qolish imkonini bergan va shuning uchun u Qrimning anneksiya qilinishi yoki Ukrainadagi beqarorlik uchun mas’ul bo‘lgan Rossiya rahbarlaridan foyda ko‘rgan. 

Yevropa Ittifoqi, shuningdek, Abramovich Rossiyaning yetakchi biznesmenlaridan biri sifatida Rossiya hukumati uchun muhim daromad manbai bo‘lganini ta’kidlaydi.  

Ishbilarmon o‘z da’vosida bu qarorni Yevropa Ittifoqi qonunchiligida ko‘zda tutilgan asosiy huquqlariga asossiz aralashuv deb atagan va Yevropa Ittifoqining baholashida aniq xato borligini aytgan. Sud esa bu dalillarga ishonmadi. 

Joriy yilning may oyida Abramovich o‘ziga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalar yuzasidan Yevropa sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilgan. 

Shuningdek, milliarderlar Mixail Fridman va Pyotr Aven ham tegishli arizalarni topshirdi. Rossiyaning VEB.RF davlat korporatsiyasi va uning rahbari Igor Shuvalov, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning kuyovi Aleksandr Vinokurov, ishbilarmonlar Dmitriy Pumpyanskiy, Vadim Moshkovich, Igor Kesayev, Andrey Milchenko, Dmitriy Mazepin ham sudga da’vo arizasi bilan chiqdi. Yevropa sudiga birinchilardan bo‘lib da’vo arizasi bilan murojaat qilgan milliarder Alisher Usmonov bo‘lib, unga qarshi Bryussel 28 fevral kuni shaxsiy sanksiyalar kiritgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Roman Abramovich

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing