Abramovich “Chelsi” boshqaruvini xayriya fondiga topshirdi

Sport

image

Milliarder Roman Abramovich Angliyaning “Chelsi” futbol klubi boshqaruvini jamoaning xayriya jamg‘armasi vasiylariga topshirishga qaror qildi. Abramovichning bayonoti “Chelsi” saytida chop etilgan.

“Men har doim klub manfaatlaridan kelib chiqqan holda qaror qabul qilganman. Men bu qadriyatlarga sodiqman. Shu bois bugun men klub rahbariyati va g‘amxo‘rligini “Chelsi” xayriya jamg‘armasi vasiylariga topshiryapman. Ishonamanki, endi ular klub, futbolchilar, xodimlar va muxlislar manfaatlarini eng yaxshi tarzda o‘ylashadi”, deyiladi xabarda.

Abramovich qariyb 20 yildan beri “Chelsi”ga egalik qiladi. Rossiyalik milliarder klubni 2003 yilda taxminan 190 million dollarga sotib olgan.2021 yilda Amerikaning “Forbes” jurnali uning qiymatini 3,2 milliard dollarga baholagan — u dunyoning eng qimmat futbol klublari ro‘yxatida yettinchi o‘rinni egallagan. O‘tgan yillar davomida rossiyalik milliarderning tuzilmalari “Chelsi”ga umumiy qiymati 2 milliard dollar miqdorida kreditlar ajratgan.

Abramovich Rossiyaning DXR va LXRni tan olishi hamda Ukrainaga hujum qilishi tufayli Buyuk Britaniya hafta boshida joriy qilgan sanksiyalarga kiritilmagan. Biroq, “Chelsi”ga qiziqqan investorlar allaqachon klubni sotib olish bo‘yicha potensial takliflarni tayyorlay boshlashgan, deb yozadi “Bloomberg” nomi oshkor etilmagan manbalarga tayanib. Potensial kelishuv Yevropa futbolidagi eng yirik kelishuvlardan biri bo‘lishi mumkin, deya ta’kidladi agentlik.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Roman Abramovich

Baholaganlar

428

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing