Abramov boshchiligidagi O‘zbekiston Yamanni yanchib tashladi

Sport

image

Vadim Abramov boshchiligidagi futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralashining 3-turida Yaman termasini yirik 5:0 hisobida mag‘lub qildi.

O‘yinning 3-daqiqasidayoq O‘zbekiston hisobni ochdi. Jamshid Iskandarovdan to‘pni qabul qilib olgan Doston Hamdamov o‘ng oyoq bilan to‘pni darvoza yaqiniga uzatdi. Markaziy hujumchi rolida paydo bo‘lgan Sanjar Qodirqulov aniq zarbasi bilan darvozani nishonga oldi.

Eldor Shomurodov 33-daqiqada hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Chap qanotdan Farrux Sayfiyev to‘pni darvoza yaqiniga havolatib uzatdi va Eldor bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi. 53-daqiqada Jamshid Iskandarov O‘zbekistonning uchinchi golini urdi.

Odil Ahmedov zaxiradan maydonga tushib bosh bilan gol urdi, ammo hakam hujum davomida qoida buzilganini qayd etib golni inobatga olmadi. Ammo O‘zbekiston baribir 4-golni urdi. Islom To‘xtaxo‘jayev burchakdan uzatilgan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi.

90-daqiqada Igor Sergeyev o‘yindagi yakuniy golni urdi. Doston Hamdamovning uzatmasini Sergeyev bo‘sh darvozaga joylab qo‘ydi. Bu g‘alabadan so‘ng O‘zbekistonning ochkolari soni 3 taga yetdi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Yaman Vadim Abramov

Baholaganlar

128

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing