Abxaziyada qolib ketgan o‘zbekistonliklar Vatanga qaytarildi
Jamiyat
−
29 Oktabr 2020
6944Kecha, 28 oktyabr kuni Abxaziyada qolib ketgan O‘zbekiston fuqarolarining 299 kishidan iborat ikkinchi guruhi Sochi shahridan Vatanga qaytarildi.
Fuqarolar “Uzbekistan Airways” AJning charter reyslari bilan O‘zbekistonga olib kelingan.
Yordamga muhtoj (homilador ayollar, qariyalar, kasallar va bolali ayollar) 19 nafar fuqarolardan iborat birinchi guruh 9 oktyabr kuni Vatanga qaytarilgandi. Ular “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ maxsus poyezdida olib kelingan.
Ta’kidlanishicha, ayni paytda O‘zbekiston diplomatlari ushbu chegaraoldi hududida bo‘lib, Abxaziyadagi o‘zbekistonliklar bilan bog‘liq vaziyatni nazorat qilmoqda.
Hozirgi vaqtda Rossiya tomoni bilan Rossiya Federatsiyasi hududi orqali Abxaziyada qolgan O‘zbekiston fuqarolarini Vatanga olib kelishni tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Shu munosabat bilan yaqin vaqt ichida Sochi shahridan navbatdagi charter reyslarni amalga oshirish kutilmoqda.
Koronavirus infeksiyasi pandemiyasi paytida fuqalorning bir joyda to‘planishi ularning virus bilan kasallanish ehtimolini keskin oshiradi. Bunday holat ayniqsa qariyalar, bemorlar, surunkali kasalligi bor fuqarolar uchun nihoyatda xavflidir.
LiveBarchasi