Abxaziya rahbari iste’foga chiqdi
Olam
−
19 noyabr
3041Tan olinmagan Abxaziya respublikasi “prezidenti” Aslan Bjaniya iste’foga chiqish haqida ariza berdi. Bu haqda muzokaralardan so‘ng hukumat va muxolifat vakillari imzolagan kelishuvda keltirilgan.
Hujjatga muvofiq, bugun, 19 noyabr kuni davlat binolari hududi va majmuasi ichiga yig‘ilgan fuqarolar tarqalib ketdi. Agar bu band bajarilmasa, Bjaniya o‘z iste’fosini qaytarib oladi.
Abxaziya rahbari matbuot xizmatining xabar berishicha, mamlakat parlamenti iste’foga chiqish haqidagi arizani 19 noyabr kuni ko‘rib chiqadi. Vitse-prezident Badra Gunba prezident vazifasini bajaruvchiga aylanadi.
Amaldagi vazirlar Abxaziya Respublikasining yangi saylangan “prezidenti” lavozimiga kirishgunga qadar ishlaydi.
Abxaziyadagi ommaviy noroziliklarga Rossiya kompaniyalariga yirik soliq imtiyozlari bilan mintaqada sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish imkonini beruvchi investitsiya shartnomasi sabab bo‘lgan. Abxaziyadagi muxolifat Moskva bilan kelishuvni “manfaatlarning to‘g‘ridan to‘g‘ri taslim bo‘lishi” deb biladi va uni ratifikatsiya qilishdan voz kechishni talab qilgan.
15 noyabr kuni yuzlab namoyishchi hukumat binolari majmuasini, jumladan parlament binosini egallab oldi. Politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatdi va kamida to‘qqiz kishini jarohatladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Aslan Bjaniya muxolifat talablariga zid ravishda iste’foga chiqmasligini aytgan edi. Shundan so‘ng prezident matbuot xizmati Bjaniyaning Rossiya harbiy bazasi hududiga ko‘chirilgani haqidagi da’volarni rad etgan. Sal o‘tib Rossiya bilan investitsion kelishuvga qarshi norozilik namoyishlari ortidan respublika rahbari Aslan Bjaniya iste’foga chiqishga rozi bo‘ldi.
LiveBarchasi