Abituriyentlarga imtihonga bosh kiyimda kelishiga ruxsat berildi

Jamiyat

image
Ertaga imtihon boshlanadi. Abituriyentlar nimalarni bilishi kerak? north_east

Ertaga imtihon boshlanadi. Abituriyentlar nimalarni bilishi kerak?

2020-2021 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlari ochiq maydonlarda tashkil etilayotgani sababli, abituriyentlar test sinovlariga bosh kiyim (kepka) bilan kelishlari mumkin. Bu haqda Davlat test markazi ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, test sinovlariga pasport va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelish so‘ralgan.

Imtihonlar 2 smenada o‘tkaziladi. 1-smena soat08:00 dan 11:00 gacha, 2-smena esa soat 17:00dan 20:00gacha davom etadi.

Ertalabki smenada soat 6:30 dan boshlab, ikkinchi smenada esa soat 15:30 dan boshlab sektorlarga kiritish ishlari boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM imtihon abiturient

Baholaganlar

156

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing