Abituriyentlar endi onlayn hujjat topshirishi mumkin
Jamiyat
−
14 iyul 2019 34276 1 daqiqa
Xabaringiz bor, 2019 yil oliy ta’lim muassasalariga ro‘yxatdan o‘tishda 5 ta OTMga (TDYUU, FarDU, QDU, SamDU, GulDU) Davlat xizmatlari markazlari orqali xujjat topshirish mumkin.
DXM tomonidan abituriyentlarga navbatdagi qulaylik yaratildi. Endi belgilangan 5 ta milliy OTMga hujjatlarni o‘z yashash joyingizdan uzoqlashmasdan — my.gov.uz portali orqali yuborish imkoni yaratildi. Quyidagi havola orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
Quyida Sizga (TDYUU, FarDU, QDU, SamDU, GulDU) 1-yo‘nalish qilib tanlangan Oliy o‘quv yurtlarga hujjatlarni onlayn tarzda yuborish uchun shakllarni to‘ldirishni o‘rgatuvchi grafikalarni taqdim etmoqdamiz.
1-qadam. Pasport, yashash manzili, telefon ma’lumotlarini to‘ldirish.

2-qadam. Siz tugatgan o‘quv muassasi haqida axborot kiritish (kollej, litsey yoki maktab).

3-qadam. O‘quv shaklini (kuduzgi, kechgi, sirtqi) va tilini tanlash, test topshirish grafikini belgilash.

Shu yerning o‘zida ustuvorlik tartibi bilan 3 ta istalgan oliy ta’lim muassasasini tanlab, sinovdan o‘tkaziladigan xorijiy til va imtihon topishiriladigan hududni belgilash zarur.

4-qadam. Davlat bojini to‘lash (maxsus tizimlar orqali onlayn to‘lov amalga oshirish imkoni joriy etiladi).
Shundan so‘ng arizangiz ko‘rib chiqish uchun yuborilib, Sizga bu haqida tegishli xabarnoma yo‘llanadi.
Live
BarchasiQo‘yliqda ham yong‘in sodir bo‘ldi
06 avgust