Abituriyentlar Bilim va malakalarni baholash agentligini sudga berdi
Jamiyat
−
11 Oktabr
5894Joriy yil iyul oyida huquq fanidan imtihonga kirgan abituriyentlar testda darsliklarda mavjud bo‘lmagan ma’lumotlardan, xususan, kodeks va qonunlardan tuzilgan savollar borligi haqida shikoyat qilgan edi. Holat yuzasidan Bilimni baholash agentligi munosabat bildirib, shikoyatga doir ayblovlarni rad etgan.
Bir guruh abituriyentlar Bilim va malakalarni baholash agentligini mazkur holat bo‘yicha sudga berdi. Bu haqda advokat Muhriddin Shamsiddinov ma’lum qildi.
“Joriy yil iyul oyida yuridik yo‘nalishlarga imtihon topshirgan abituriyentlarga moddalar sanksiyalaridan (qancha jarima belgilangan, necha yilga “qamaladi” kabi) savollar tushgan. Universitetda o‘qib yurgan vaqtlarimda ustozlarim modda sanksiyasini yodlashni qat’iy man etardi. Ya’ni biz umuman sanksiya yodlamasdik. Chunki birinchidan, yodlashning umuman imkoniyati yo‘q, ikkinchidan, bu kelgusi faoliyatda umuman kerak bo‘lmaydi”, deb yozadi advokat.
Shuningdek, Muhriddin Shamsiddinov bugundan advokat sifatida ishga kirishganini va Toshkent tumanlararo ma’muriy sudida bo‘lib turganini bildirgan. Bundan tashqari, u ish bilan tanishish va OAVni jalb etish bo‘yicha sudga iltimosnoma taqdim etishini ham ma’lum qilgan.
LiveBarchasi