Abituriyent imtihon topshiriladigan joyga soat nechada kelishi kerak?

Jamiyat

image

Joriy yilning 2 sentyabridan boshlanadigan test sinovlariga barcha abituriyentlar test vaqtidan bir soat avval kelishlari kerak. Bu haqda Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Diyorbek Qo‘chqorov ma’lum qildi. 

“Abituriyentlar test sinovlari o‘tkaziladigan sektorlarga kamida yarim soat oldin kelib o‘z o‘rnini egallashi kerak. Ertalabki smenada soat 6:30 dan boshlab abituriyentlarni binoga kiritish boshlanadi, ikkinchi smenada soat 15:30 dan boshlab sektorlarga kiritish ishlari boshlanadi”, dedi Diyorbek Qo‘chqorov.

Boshqarma boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, test sinovlariga kiradigan barcha abituriyentlar dezinfeksion tonneldan o‘tadi. Barcha qatnashchilar ichki ishlar xodimlari tomonidan tekshiriladi va barmoq izlari orqali shaxsi tekshiriladi, so‘ng test jarayonlariga qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, 22 avgustdan boshlab abituriyentlar abitur.dtm.uz saytidagi shaxsiy kabinetlaridan ruxsatnomani olishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

DTM

Baholaganlar

653

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing