Abituriyent ayollar erkaklarni dog‘da qoldirdi

Jamiyat

image

Joriy yil talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning yarmidan ko‘pini erkaklar tashkil etganiga qaramay, ayollar erkaklardan ko‘ra ko‘proq ball to‘plagan. Bu haqda Bilimni baholash agentligi xabar berdi. 

Talabalikka tavsiya etilgan 193 ming 421 nafar abituriyentning:

  • 100 491 nafari (52 foiz) – erkaklar;
  • 92 930 nafari (48 foiz) – ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Ammo ayollar erkaklarga nisbatan yuqoriroq ball to‘plagan. 

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning o‘rtacha o‘tish bali davlat granti asosida:

  • erkaklarda – 112,4 ballni;
  • ayollarda – 125,1 ballni;

To‘lov-kontrakt asosida:

  • erkaklarda – 88,9 ballni;
  • ayollarda – 98,5 ballni tashkil etgan.

Shuningdek, "Ijtimoiy ta’minot" (91,7 foiz), "Tillar" (88,5 foiz) va "Ta’lim" (78,7 foiz) sohalariga ayollar, "Transport xizmatlari" (93,5 foiz), "Arxitektura va qurilish" (84,8 foiz) va "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari" (75,3 foiz) sohalariga esa erkaklar ko‘proq talabalikka tavsiya etilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda davlat grantining 77 foizini maktab bitiruvchilari egallagan.


Maqola muallifi

Teglar

Abiturient talabalik Bilimni baholash agentligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing