Abdusattorov yana bir xalqaro musobaqaning grand finaliga chiqdi 

Sport

image

O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Germaniya poytaxti Berlin shahri mezbonlik qilgan The Armageddon Championship Series: Asia & Oceania turnirida ishtirok etdi. 9 aprel kuni Abdusattorov musobaqaning 4-turida dona surdi. 

Eronlik Parham Magsdogluga qarshi kechgan bahsda o‘zbekistonlik shaxmatchining qo‘li baland keldi. 

Nodirbek mazkur turnirning 1-kunida hindistonlik Vidit Gujratini 2:0 hisobida mag‘lub etgandi. Turnirdagi 2-o‘yinda Abdusattorov hindistonlik Gukeshga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, 3-o‘yinda yana bir Hindiston vakili Murali Kartikeyandan ustun keldi. 

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, Nodirbek Abdusattorov va 16 yoshli hindistonlik shaxmat ustasi Gukesh Domarju joriy yilning sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan turnir grand finalida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik shaxmat ustasi “Chessable Masters” onlayn turnirida ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, musobaqaning yuqori divizioniga yo‘llanmani qo‘lga kiritgandi. Ushbu turnir grand finalida Abdusattorov fransiyalik Maksim Vash-Lagravga qarshi dona surib, raqibidan 2,5:1,5 hisobida ustun keldi.


Maqola muallifi

Teglar

Nodirbek Abdusattorov Gukesh Domarju

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing