Abdusattorov Tata Steel Chess chempioni bo‘ldi

Sport

image

Bugun, 1 fevral kuni Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahri mezbonlik qilayotgan shaxmat bo‘yicha an’anaviy Tata Steel Chess musobaqasi o‘z yakuniga yetdi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov turnirning bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.

Nodirbek Abdusattorov musobaqada 13 ta imkoniyatdan 9 ochko jamg‘arib, turnirni yakka peshqadam sifatida yakunladi va chempionga aylandi.

Shuningdek, ushbu nufuzli musobaqadagi muvaffaqiyatli ishtirokidan so‘ng u jahon onlayn reytingida dunyoning TOP-5 eng kuchli shaxmatchilari safiga qaytdi.

Yana bir o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sinodorov ham mazkur musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etib, ikkinchi o‘rinni egalladi.

Ma’lumot uchun, Nodirbek Abdusattorov avvalgi yillarda ham ushbu nufuzli musobaqada yuqori natijalar qayd etgan: 2023 yilda 2-o‘rin, 2024 va 2025 yillarda esa 3-o‘rin sohibiga aylangan.


Maqola muallifi

Teglar

Nodirbek Abdusattorov chempion turnir Tata Steel Chess

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing