Abdusattorov nufuzli turnir sovrindori bo‘ldi

Sport

image

Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahri mezbonlik qilgan shaxmat bo‘yicha nufuzli “Tata Steel Chess-2024” turniri yakunlandi. Musobaqada g‘oliblik uchun bahs olib borgan o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov yakunda 3-o‘rinni egalladi.

Musobaqaning oxirgi turida germaniyalik Aleksandr Donchenkodan ustun kelgan Nodirbek, yarim finalda xitoylik Vey Yiga qarshi bahs olib borib, 1,5:0,5 hisobida imkoniyatni boy berdi va 3-o‘rin bilan kifoyalandi.

Finalga yo‘l olgan Vey Yi yakunda musobaqa g‘olibiga aylandi. U finalda hindistonlik Gukesh Domarjuga qarshi dona surdi. Tomonlar o‘rtasidagi dastlabki o‘yin durang bilan yakunlangan bo‘lsa, 2-bahsda Yining qo‘li baland keldi.


Maqola muallifi

Teglar

shaxmat Nodirbek Abdusattorov Vey Yi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing