Abdusattorov xalqaro turnirda sovrindor bo‘ldi

Sport

image

Hindistonning Kalkutta shahri mezbonlik qilgan shaxmat bo‘yicha “Tata Steel India” turniri yakunlandi. Musobaqada ishtirok etgan o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Blits bahslarida Abdusattorov 18 ta turda 11 ochkoni qo‘lga kiritdi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra, 1-o‘rin rossiyalik Aleksandr Grishukka nasib etgan bo‘lsa, 3-o‘rinni mezbon sportchi Rameshbabu Praggnanandha egalladi. 

O‘zbekistonlik shaxmatchi rapid bahslarida esa 4 ochko jamg‘arib, 7-o‘rin bilan kifoyalandi. Bu yo‘nalishda 1-o‘rinni fransiyalik Maksim Vashe-Lagrav qo‘lga kiritdi. 

Eslatib o‘tamiz, avgust oyi oxirida Abdusattorov o‘rin olgan “WR Chess” jamoasi Germaniyaning Dyusseldorf shahri mezbonligidagi tezkor shaxmat bo‘yicha FIDE Jahon chempionatida g‘olib bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing