Abdusattorov xalqaro turnirda peshqadam bo‘lib oldi

Sport

image

Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida davom etayotgan shaxmat bo‘yicha xalqaro “Tata Steel Chess-2024” turnirining 10-tur bahslari ortda qoldi. Mazkur turda o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Maks Varmerdamga qarshi dona surib, g‘alaba qozondi.

Shunday qilib ortda qolgan 10 ta turdan so‘ng Abdusattorov 6,5 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida hindistonlik Gukesh Domarju bilan qo‘shhokimlik qilmoqda. 10 ta imkoniyatdan 6 ochko to‘plagan mezbon shaxmatchi Anish Giri esa kuchli uchlikni yakunlab turibdi.

26 yanvar kuni musobaqaning 11-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. 11-turda Nodirbek Abdusattorov xitoylik ayol shaxmatchi Ju Venjunga qarshi bahs olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

shaxmat Nodirbek Abdusattorov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing