Abdusattorov xalqaro turnirda ochko yo‘qotdi
Sport
−
19 dekabr 2022
2423Ayni kunlarda Ozarbayjonning Baku shahrida grossmeyster Vugar Gashimov xotirasiga bag‘ishlangan aylanma tizimdagi xalqaro shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. E’tiborlisi, bahslarda o‘zbekistonlik yosh grossmeyster Nodirbek Abdusattorov ham o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazyapti.
Turnirning ilk kunida uchta partiyaning barchasida g‘alaba erishgan Abdusattorov 4-turda mezbonlar vakili Abdulla Gadimbayliga qarshi qora donalarda bahs olib borib, murosa yo‘lini tanladi. Keyingi turlarda O‘zbekiston vakili xitoylik Vang Xao va AQSH vakili Sem Shenklendga qarshi dona suradi.
Ma’lumot uchun, amerikalik Fabiano Karuana Vugar Gashimov xotira turnirining amaldagi chempioni hisoblanadi.