Abdusattorov xalqaro turnirda ishtirok etadi
Sport
−
16 dekabr 2022 6386 1 daqiqa
Joriy yilning 17 — 24 dekabr kunlari Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida grossmeyster Vugar Gashimov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi.
Mazkur turnirda o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etadi. Musobaqada jahonning eng kuchli 10 nafar shaxmatchisi rapid va blits bo‘yicha bahslarga kirishadi. Superturnir aylanma tizimda o‘tkaziladi.
Avvalroq, rapid bo‘yicha amaldagi Jahon chempioni hisoblangan Nodirbek Abdusattorov Hindistonning Kalkutta shahri mezbonlik qilgan xalqaro shaxmat turnirida qatnashib, 7-o‘rin bilan kifoyalangandi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr