Abdusattorov Karlsenga qarshi dona surdi
Sport
−
15 noyabr
8081Ayni kunlarda Hindistonning Kalkutta shahrida shaxmat bo‘yicha 6-“Tata Steel Chess India” turniri bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqada ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi bahs olib bordi.
Barcha davrning eng yaxshi shaxmatchisi sifatida e’tirof etiladigan Karlsenga qarshi qora donalarda harakatlangan Abdusattorov garchi g‘alaba qozonish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘lgan bo‘lsa ham, yakunda durangga imzo chekdi.
9-tur yakunlariga ko‘ra, 20 yoshli Abdusattorov 3 ta g‘alaba, 4 ta durang 2 ta mag‘lubiyat qayd etdi.
Ma’lumot uchun, 17 noyabrga qadar davom etadigan nufuzli turnirda jahonning eng kuchli 10 nafar shaxmatchisi g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda. Musobaqada g‘olib bo‘lgan shaxmatchi 10 ming, 2-o‘rin egasi 6 ming va 3-o‘rin sohibi 3 ming AQSH dollari pul mukofotiga ega chiqadi.