Abdusattorov FIDE reytingida 4-o‘rinni egalladi
Sport
−
01 aprel
4042O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Xalqaro shaxmat federatsiyasining (FIDE) yangilangan reytingida 4-o‘rinni band etdi. Bu haqda tashkilot o‘z rasmiy saytida ma’lum qildi.
Aprel oyi uchun yangilangan natijalarga ko‘ra, 19 yoshli Abdusattorov 2765 reyting ochkosini qo‘lga kiritgan. Undan yuqorida norvegiyalik Magnus Karlsen (2830), amerikalik Fabiano Karuana (2803) va Hikaru Nakamura (2789) joy olgan.
O‘z navbatida Nodirbek o‘tgan oydagi kabi o‘smirlar o‘rtasida FIDE jahon reytingida yetakchi sifatida qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, mart oyi boshida Abdusattorov Chexiya poytaxti Praga shahri mezbonlik qilgan “Prague Masters 2024” turnirida g‘olib bo‘lgandi.
Uning ushbu musobaqadagi natijasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 21 mart kuni “Humo Arena” majmuasida bo‘lib o‘tgan Navro‘z shodiyonasidagi nutqida alohida e’tirof etilgandi.