O‘zbekiston shaxmat olimpiadasida Hindistonni mag‘lub etdi

Sport

image

Bugun, 21 sentyabr kuni Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 6-tur bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonning asosiy erkaklar jamoasi amaldagi chempion – Hindistondan ustun keldi.

Javohir Sindorov qiyin vaziyatdan chiqib ketib, Arjun Erigaisi bilan durang o‘ynagan bo‘lsa, Nodirbek Abdusattorov Rameshbabu Praggnanandha bilan murosa yo‘lini tanladi. Shuningdek, Shamsiddin Vohidov amaldagi jahon chempioni Gukesh bilan ochkolarni bo‘lishib oldi.

Nodirbek Yoqubboyev esa Nihal Sarinni taslim etdi va O‘zbekiston jamoasiga uzoq kutilgan, olimpiada taqdirini hal qilishi mumkin bo‘lgan bahsda g‘alabani taqdim qildi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 15 sentyabr kuni 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tgandi. Ushbu olimpiada O‘zbekiston tarixida ilk marotaba o‘tkazilayotgan shaxmat Olimpiadasi hisoblanadi. Turnir joriy yilning 27 sentyabr kuni o‘z nihoyasiga yetadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing