Abdusattorov dunyo reytingida katta “sakrash”ga erishdi

Sport

image

Ayni kunlarda Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida o‘tayotgan “Tata Steel Chess” xalqaro turnirida shov-shuvli natijalar qayd etayotgan o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov FIDE reytingida yuqoriladi.

Nufuzli musobaqada jahon tojdori, norvegiyalik Magnus Karlsen ustidan qozongan g‘alabasi evaziga Abdusattorov 18,4 reyting ochkosiga ega bo‘lib, reytingda 12 pog‘ona yuqoriladi va 18-o‘rinni band etdi. Hozirda Abdusattorov hisobida 2731 reyting ochkosi mavjud.

Bugun, 20 yanvar kuni Nodirbek “Tata Steel Chess” turnirining 6-turida Hindiston vakili Pragnanandxaga qarshi dona suradi. Bahs Toshkent vaqti bilan 18:15 da start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

FIDE Abdusattorov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing