Abdusattorov Dubaydagi turnirda ishtirok etadi

Sport

image

O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Dubay mezbonligida o‘tadigan shaxmatning rapid yo‘nalishidagi “Tech Mahindra” turnirida qatnashadi.

Mazkur musobaqa 21 iyun – 2 iyul kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Unda shaxmatchilar rapid yo‘nalishida va jamoaviy bahslarda o‘zaro bellashadi. Abdusattorov turnir davomida “Balan Alaskan Knights” jamoasi tarkibida dona suradi.

Turnir reglamentga ko‘ra, jamoa tarkibi 6 nafar grossmeyster, 2 nafari katta, 2 nafari yosh va yana 2 nafari ayollardan iborat tarkibda tuzilgan bo‘ladi.

Nodirbek bilan birgalikda Yan Nepomnyashiy, Temur Rajabov, Tan Jongyi, Nino Batsiashvili va Raunak Sadvani “Balan Alaskan Knights” jamoasida o‘ynaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nodirbek Abdusattorov “Norway Chess-2023” so‘nggi turida norvegiyalik Magnus Karlsenni mag‘lub etgani haqida xabar berilgandi.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

shaxmat Nodirbek Abdusattorov grossmeyster

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing