Abdusattorov asosiy ta’qibchisi bilan bahsda durang qayd etdi

Sport

image
0:00
0:00
download

Niderlandiya mezbonlik qilayotgan shaxmat bo‘yicha “Tata Steel Chess-2023” xalqaro turnirida 11-tur o‘yinlari ortda qoldi. “Masters” guruhida peshqadamlik qilayotgan o‘zbekistonlik shaxmat ustasi Nodirbek Abdusattorov mazkur turda asosiy ta’qibchisi Anish Giriga qarshi bahs olib bordi.

Qora donalarda bahsga kirishgan Abdusattorov mezbonlar vakiliga qarshi durang natija qayd etib, ochkolari sonini 7,5 taga yetkazib oldi. O‘n bir turdan so‘ng hamon O‘zbekiston vakili peshqadamlikni saqlab turibdi. 7 ochko to‘plagan Anish Giri esa 2-pog‘onadan joy oldi. Musobaqa davomida bir necha omadsiz natijalar qayd etgan jahon tojdori Magnus Karlsen esa so‘nggi o‘yinlarda g‘alabalarga erishib, hozirgi vaqtda kuchli uchlikni yakunlab turibdi.

“Challenger” guruhida kuchlilar qatorida borayotgan Javohir Sindorov 11-turda mezbonlar vakili Mak Varmerdamga qarshi bahs olib borib durangga imzo chekdi. Hozirgi vaqtda Sindorov 11 imkoniyatdan 7 ochko jamg‘arib nufuzli turnirning 3-pog‘onasida bormoqda. 

Bugun turnirning 12-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. 12-turda Abdusattorov AQSH vakili Uesley Soga qarshi o‘ynasa, Sindorov eronlik Moxammad Amin Tabatabaiga qarshi dona suradi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdusattorov Tata Steel Chess-2023

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing